Account deletion request · Oxirgi yangilanish: 2026-yil 31-oktabr
Diqqat. Akkauntni o'chirish ortga qaytarilmaydi. Barcha xabarlar, kontaktlar,
guruh va kanallardagi a'zoligingiz butunlay yo'qoladi. Xuddi shu telefon raqami bilan keyinroq
yangi akkaunt ochish mumkin, lekin eski ma'lumotlar qaytmaydi.
Usul 1 — ilovaning o'zidan (tavsiya etiladi)
MSgram'ni oching
Sozlamalar → Maxfiylik va xavfsizlik
Pastga tushing va qizil rangdagi "Akkauntni butunlay o'chirish" tugmasini bosing
Ogohlantirishni o'qing va "O'chirish" ni tasdiqlang
Akkaunt shu zahoti o'chadi va ilova chiqib ketadi.
Usul 2 — ilovasiz, brauzer orqali
Telefoningiz yo'q yoki ilovani o'chirib yuborgan bo'lsangiz, akkauntni Telegram'ning
rasmiy sahifasidan o'chirishingiz mumkin:
Profil rasmi va ma’lumotlarini o’chirish — Sozlamalar → Profilni tahrirlash.
Qurilmadagi keshni tozalash — Sozlamalar → Ma’lumotlar va xotira → Xotira sarfi.
Kontaktlarni o’chirish — Sozlamalar → Maxfiylik va xavfsizlik → Kontaktlarni o’chirish.
Bu amallar akkauntingizga tegmaydi — faqat tanlangan ma’lumotlar o’chadi.
Nimalar o'chadi
Barcha xabarlar va suhbatlar
Kontaktlar ro'yxati
Guruh va kanallardagi a'zoligingiz (siz yaratgan kanallar egasiz qoladi)
Profil, rasm, foydalanuvchi nomi
Yuklangan fayllar va media
Qurilmangizdagi MSgram sozlamalari va keshi ham o'chiriladi.
Nimalar qoladi
Siz boshqalarga yuborgan xabarlar ularning qurilmalarida qolishi mumkin — bu har qanday
messenjerda shunday. Shuningdek Telegram qonun talab qilgan hollarda ayrim texnik yozuvlarni
belgilangan muddat saqlashi mumkin; batafsil
Telegram maxfiylik siyosatida.