Muallimi Soniy Arab tili va Qur'on darslari ← Bosh sahifa
Tahajjud namozi

Maxfiylik siyosati

Kuchga kirgan sana: 2026-yil 19-oktabr

«Tahajjud namozi» ilovasi sizning shaxsiy ma'lumotlaringizni yig'maydi. Android versiyasi faqat ilova nechta qurilmada ishlatilayotganini sanash uchun qurilmaning anonim texnik raqamini yuboradi — bundan boshqa hech narsa.

Umumiy ma'lumot

Ushbu hujjat «Tahajjud namozi» ilovasining iOS va Android versiyalariga tegishli. Ilova «MUALLIMI SONIY» mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ishlab chiqilgan va tarqatiladi.

Ilovadan foydalanish uchun ro'yxatdan o'tish, hisob yaratish yoki biror ma'lumot kiritish talab qilinmaydi.

Biz yig'maydigan ma'lumotlar

Ilova quyidagilarning hech birini yig'maydi:

Ilovada uchinchi tomonning tahlil (analytics) tizimi, reklama tarmog'i yoki kuzatuv vositasi o'rnatilmagan. Android versiyasidagi qurilmalar sanog'i — bizning o'zimizniki va quyida to'liq tushuntirilgan.

Statistika (Android versiyasi)

Ilova nechta qurilmada o'rnatilgani va faol ishlatilayotganini bilish uchun Android versiyasi ochilganda quyidagi ma'lumotni yuboradi:

Bu ma'lumot shaxsingizni aniqlashga imkon bermaydi, uchinchi shaxslarga berilmaydi, sotilmaydi va reklama uchun ishlatilmaydi. U shifrlangan aloqa (HTTPS) orqali uzatiladi va olti soatda bir martadan ko'p yuborilmaydi. Yagona maqsad — ilova qanchalik keng ishlatilayotganini bilish.

iOS versiyasida bunday sanoq yo'q.

Qurilmangizda saqlanadigan ma'lumotlar

Ilova tanlagan shahringizni, siz kiritgan shom va bomdod vaqtlarini, kundalik belgilaringizni hamda qo'ygan budilnigingiz vaqtini eslab qoladi — shunda keyingi safar qaytadan kiritishingiz shart bo'lmaydi.

Bu ma'lumotlar faqat sizning telefoningizda saqlanadi. Ular internetga yuborilmaydi, biz ularni ko'rmaymiz va ularga kira olmaymiz. Ilovani o'chirsangiz, bu ma'lumotlar ham telefoningizdan butunlay o'chadi.

Bildirishnomalar va budilnik

Siz budilnik qo'ysangiz, ilova sizdan bildirishnoma yuborish uchun ruxsat so'raydi. Budilnik butunlay telefoningizning ichida ishlaydi — biz hech qanday xabar yubormaymiz va budilnik qo'yganingizdan xabarimiz yo'q.

Android versiyasida ilova haqidagi e'lonlar (masalan, yangi versiya chiqqani) bildirishnoma sifatida chiqishi mumkin. Bu xabarlar hammaga bir xil — sizning kimligingiz yoki ilovadan qanday foydalanishingizga bog'liq emas.

Ruxsat bermasangiz ham ilovaning qolgan barcha imkoniyatlaridan foydalanaverasiz.

Tashqi havolalar

Ilovadagi video darslar YouTube'da, yuklab olish havolalari esa Telegram'da joylashgan. Ularni bosganingizda tegishli ilova yoki brauzer ochiladi va siz bizning ilovamizdan chiqasiz.

O'sha xizmatlardagi xatti-harakatlaringiz ularning o'z maxfiylik siyosatlariga bo'ysunadi. Biz ularning ma'lumot yig'ish amaliyotiga javobgar emasmiz:

Bolalar

Ilova hech kimdan — jumladan bolalardan ham — shaxsiy ma'lumot yig'maydi. Yuqorida tavsiflangan qurilma raqami ham foydalanuvchining kimligini yoki yoshini ko'rsatmaydi. Ilova mazmuni barcha yosh toifalari uchun mos.

O'zgarishlar

Ushbu siyosatga o'zgartirish kiritilsa, yangilangan matn shu sahifada e'lon qilinadi va yuqoridagi sana yangilanadi.

Aloqa

Savollaringiz bo'lsa yozing: info@muallimisoniy.com


English version

Privacy Policy

Effective date: 19 October 2026

This policy applies to the iOS and Android versions of the application Tahajjud namozi, developed and distributed by MUALLIMI SONIY LLC.

We collect no personal data

The app has no accounts, no sign-up, no advertising and no third-party tracking of any kind. We do not collect your name, phone number, email address, location, contacts, photos, advertising identifiers, or any record of what you do inside the app.

The Android version counts installations as described below. The iOS version sends nothing at all.

Statistics (Android version)

To learn how many devices the app is installed on and actively used, the Android version sends the following when opened:

This does not identify you personally. It is not shared with third parties, not sold, and not used for advertising. It is transmitted over an encrypted connection (HTTPS) and no more than once every six hours. The only purpose is to know how widely the app is used.

Data stored on your device

The app remembers the city you select, the sunset (Maghrib) and dawn (Fajr) times you enter, your diary marks and the alarm time you set, so you do not have to re-enter them. This information is stored only on your device. It is never transmitted anywhere, and we have no access to it. Deleting the app removes it permanently.

Notifications and alarms

If you set an alarm, the app asks for notification permission. Alarms are scheduled entirely on your device using the operating system's own scheduling features. We do not send push notifications and have no knowledge of any alarm you set.

The Android version may show notices about the app itself (for example, that a new version is available). These are identical for everyone and do not depend on who you are or how you use the app.

Declining the permission does not affect any other feature.

External links

Lesson videos open in YouTube and download links open in Telegram. Once you follow such a link you leave our app, and the privacy policy of that service applies. We are not responsible for their data practices. See the YouTube (Google) Privacy Policy and the Telegram Privacy Policy.

Children

The app collects no personal data from anyone, including children. The device identifier described above does not reveal who a user is or how old they are. Its content is suitable for all ages.

Changes

If this policy changes, the updated text will be published on this page and the effective date above will be revised.

Contact

Questions: info@muallimisoniy.com